Qaysi hududda eng koʻp asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan?

    2021-yilning 1-choragida Oʻzbekiston Respublikasida 35,6 trillion soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilgan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-choragida Oʻzbekiston Respublikasida 35,6 trillion soʻm asosiy kapitalga investitsiyalar oʻzlashtirilib, ularning 58,7 foizi yoki 20,9 trillion soʻmi jalb etilgan mablagʻlar hisobidan hamda korxona, tashkilotlar va aholining oʻz mablagʻlari hisobidan 41,3 foiz yoki 14,7 trillion soʻm moliyalashtirildi.

    Jami asosiy kapitalga investitsiyalarning hududlar boʻyicha hajmi:

    Qoraqalpogʻiston R. – 1398,5 milliard soʻm;

    Andijon viloyati – 1816,9 milliard soʻm;

    Buxoro viloyati – 2670,1 milliard soʻm;

    Jizzax viloyati – 1652,8 milliard soʻm;

    Qashqadaryo viloyati – 2678,1 milliard soʻm;

    Navoiy viloyati – 2859,5 milliard soʻm;

    Namangan viloyati – 2180,0 milliard soʻm;

    Samarqand viloyati – 2499,4 milliard soʻm;

    Surxondaryo viloyati – 1720,8 milliard soʻm;

    Sirdaryo viloyati – 1205,2 milliard soʻm;

    Toshkent viloyati – 4206,0 milliard soʻm;

    Fargʻona viloyati – 1999,6 milliard soʻm;

    Xorazm viloyati – 929,2 milliard soʻm;

    Toshkent shahri – 7722,4 milliard soʻm.