Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-avgust holatiga respublikamizda jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) soni 520 337 tani tashkil etgan.
Oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 118,1 foizga oshgan.
Jami faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlarning 88,0 foizini (458 042 ta) tadbirkorlik subyektlari tashkil etgan.
Hududlar kesimida faoliyat koʻrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
Toshkent shahri – 104 794 ta;
Toshkent viloyati – 49 862 ta;
Fargʻona viloyati – 45 564 ta;
Samarqand viloyati – 44 356 ta;
Andijon viloyati – 40 131 ta;
Qashqadaryo viloyati – 35 870 ta;
Namangan viloyati – 33 754 ta;
Buxoro viloyati – 30 089 ta;
Surxondaryo viloyati – 27 677 ta;
Xorazm viloyati – 23 867 ta;
Qoraqalpogʻiston R. – 23 631 ta;
Jizzax viloyati – 22 754 ta;
Navoiy viloyati – 21 729 ta;
Sirdaryo viloyati – 16 259 ta.