Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-choragi davomida respublikamizda 65 721 tonna sabzavotlar yetishtirilgan. Bu oʻtgan yilga nisbatan solishtirilganda oʻsish surʼati 105,0 foizga teng.

2021-yilning 1-choragida yetishtirilgan sabzavotlarning 11,9 foizi fermer xoʻjaliklari, 67,3 foizi dehqon xoʻjaliklari va 20,8 foizi qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Hududlar kesimida yetishtirilgan sabzavotlar hajmi:

Qoraqalpogʻiston R. – 617 tonna;

Andijon viloyati – 3 809 tonna;

Buxoro viloyati – 4 994 tonna; 

Jizzax viloyati – 984 tonna;

Qashqadaryo viloyati – 3 202 tonna;

Navoiy viloyati – 2 587 tonna; 

Namangan viloyati – 2 030 tonna; 

Samarqand viloyati – 2 910 tonna; 

Surxondaryo viloyati – 19 346 tonna; 

Sirdaryo viloyati – 1 236 tonna; 

Toshkent viloyati – 13 808 tonna; 

Fargʻona viloyati – 7 423 tonna; 

Xorazm viloyati – 2 775 tonna.