Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-fevral oylarida koʻrsatilgan moliyaviy xizmatlar hajmi 8 300,7 milliard soʻmni tashkil etdi. Umumiy xizmatlar hajmida moliyaviy xizmatlarning ulushi 21,2 foizga teng.

Hududlar kesimida moliyaviy xizmatlarlarning hajmi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 232,7 milliard;

Andijon – 380,4 milliard;

Buxoro – 291,9 milliard;

Jizzax – 232,7 milliard;

Qashqadaryo – 293,3 milliard;

Navoiy – 225,2 milliard;

Namangan – 265,8 milliard;

Samarqand – 397,2 milliard;

Surxondaryo – 287,7 milliard;

Sirdaryo – 182,7 milliard;

Toshkent viloyati – 380,6 milliard;

Fargʻona – 406,6 milliard;

Xorazm – 234,6 milliard;

Toshkent shahri – 4 489,3 milliard.