Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-may holatiga respublikamizda jami 42 782 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4 924 taga koʻp.
2021-yil yanvar-aprel oyida 2 479 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:
Toshkent shahri – 8 339 ta;
Toshkent viloyati – 3 711 ta;
Fargʻona viloyati – 3 385 ta;
Qashqadaryo viloyati – 3 376 ta;
Andijon viloyati – 3 218 ta;
Samarqand viloyati – 3 197 ta;
Buxoro viloyati – 2 843 ta;
Surxondaryo viloyati – 2 654 ta;
Namangan viloyati – 2 414 ta;
Qoraqalpogʻiston R. – 2 391 ta;
Jizzax viloyati – 2 081 ta;
Xorazm viloyati – 2 010 ta;
Navoiy viloyati – 1 593 ta;
Sirdaryo viloyati – 1 570 ta.