Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-sentyabr holatiga respublikamizda jami faoliyat koʻrsatayotgan sanoat korxonalari soni 92 033 tani tashkil etmoqda.
2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,6 foizga oshgan.
Mamlakatimizda jami faoliyat koʻrsatayotgan (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) korxonalarning 17,4 foiz (92 033 ta) ulushini sanoat korxonalari tashkil etib, shundan kichik biznes subyektlari soni 91 188 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni:
Toshkent shahri – 16 705 ta;
Fargʻona viloyati – 10 106 ta;
Toshkent viloyati – 9 422 ta;
Andijon viloyati – 9 401 ta;
Samarqand viloyati – 8 060 ta;
Namangan viloyati – 7 274 ta;
Buxoro viloyati – 4 826 ta;
Qashqadaryo viloyati – 4 760 ta;
Surxondaryo viloyati – 4 554 ta;
Xorazm viloyati – 4 110 ta;
Jizzax viloyati – 3 810 ta;
Navoiy viloyati – 3 489 ta;
Qoraqalpogʻiston R. – 3 255 ta;
Sirdaryo viloyati – 2 261 ta.