Qaysi mamlakatning davlat qarzi koʻp?

    Dunyoda eng koʻp davlat qarzlariga ega mamlakatlar roʻyxatini ayni damda Yaponiya boshqarmoqda.

    Kunchiqar mamlakatning davlat qarzlari YAIMga nisbatan 200 foizdan ham oshib ketgan, deb yozadi Interpress. Yuqori davlat qarzlariga ega mamlakatlar roʻyxatiga, shuningdek, Buyuk Britaniya, AQSH hamda Yevrohududga kiruvchi mamlakat ham kiradi. Ularning davlat qarzlari YAIMga nisbatan 100 foizdan oshadi.

    Bu haqda Rossiya investitsiyaviy tahlillar va makroiqtisodiy tadqiqotlar markazi rahbari Daniil Nametkin RIA Novostiga bergan intervyusida maʼlum qildi.

    Xabarda keltirilishicha, 2020-yil yakunlariga koʻra YAIMga nisbatan davlat qarzlari hajmi dunyo boʻyicha oʻrtacha 105 foizni tashkil etgan.

    “Eng koʻp davlat qarzlari asosan rivojlangan mamlakatlarda kuzatilmoqda. Masalan, davlat qarzlari Yaponiyada – 234 foiz, Buyuk Britaniyada – 144 foiz, AQSHda – 160 foiz, Yevrohududda - 120,4 foizni tashkil etadi”, deydi ekspert.