Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-may holatiga koʻra, respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning soni 12 487 tani, shundan qoʻshma korxonalar 5 848 ta va xorijiy korxonalar 6 639 tani tashkil etmoqda.

2021-yilning 1-may holatiga, xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning sohalar boʻyicha soni:

Sanoat – 4 031  ta;

Savdo – 3 397 ta;

Qurilish – 1 029 ta;

Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi – 674 ta;

Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar – 533 ta;

Axborot va aloqa – 350 ta;

Tashish va saqlash – 317 ta;

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish – 192 ta.