Poytaxt hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yining 24 avgust kuni Toshkentning YUnusobod, Olmazor, SHayxontohur, Mirzo Ulug'bek tumanlarida issiq suv ta'minot uziladi.  

Xabarga ko'ra, issiq suv ta'minoti to'xtatiladigan joylar quyidagilar:

  • YUnusobod tumani to'liqligicha;
  • Olmazor tumani to'liqligicha;

SHayxontohur tumanining:

  • Ibn Sino mavzesi;
  • Jarariq mavzesi;
  • Beltepa mavzesi;
  • TS-13, TS-14, TS-15 mavzelari;

Mirzo Ulug'bek tumanining:

  • TS-1, TS-2 mavzelari;
  • Hamid Olimjon mavzesi.

SHuningdek, hokimlik aholidan keltirilgan noqulaylik uchun uzr so'ragan.