Doktor Punam Desai tushuntirganidek, qahfaning yarim singishi davri besh-olti soatni tashkil qiladi va u yotishdan oldin tanada saqlanib qolishi mumkin, bu esa odamning uxlab qolishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Shifokor, uning o‘zi hech qachon tushdan keyin qahva ichmasligini tan oldi, chunki bu uyqu sifatiga katta ta’sir ko‘rsatishi, tushdan keyin, ayniqsa kechqurun ichilgan qahva insonni uzoq vaqt uxlatishi va charchagan holda uyg‘onishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Uyquning yetishmasligi, o‘z navbatida, bir necha muammolarga sabab bo‘lishi ehtimoli bor:
yurak kasalliklari,
buyrakdagi muammolar,
yuqori qon bosim,
qandli diabet,
insult,
vazn ortishi,
depressiya.
2015 yilda xalqaro olimlar guruhi tomonidan olib borilgan tadqiqotlar inson yotishdan uch soat oldin bir finjon qahfa ichsa bu uning osoyishta uyqusiga zarar yetkazishini aniqladi. Bezovta uyqu salbiy reaksiyalarning butun zanjirini keltirib chiqaradi.
Qahfa ichadigan idishlarni tanlash ham muhim ahamiyatga ega, deydi shifokorlar. Mutaxassislar plastmassadan tayyorlangan idishda qahva ichishni qat’iyan man qilishmoqda.
“Plastik idishlar qizdirilganda endokrin tizimni buzadigan xavfli moddalarni chiqarishi mumkin”, dedi doktor Punam Desai.
AQSH atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi plastmassadagi kimyoviy moddalar sog‘liq bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishini ma’lum qildi. Jumladan, reproduktiv tizimga zarar yetkazishi, saraton xavfi ortishi, immunitet va asab tizimining disfunksiyasini qo‘zg‘atishi mumkin.









