Soʻnggi bir yil ichida tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan 20 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilinib, barcha masalalar hal qilib berilgan.

Sohani rivojlantirish maqsadida joriy yilda byudjetdan 21 trillion soʻm ajratilgan. Bu 2017-yilga nisbatan 3 baravar koʻp.

– Lekin vazir oʻrinbosarlarining masʼul uchastkasi masalani hal qilishda vakolati boʻlmasa, fidoyi boʻlib, pastga tushib bevosita mahallada ishni tashkil qilmasa, islohotlar aholigacha yetib borishi qiyin. Shu bois, bugundan boshlab barcha vazir oʻrinbosarlari oʻz yoʻnalishlari boʻyicha, islohotlar natijadorligiga masʼuliyatni toʻliq olgan holda, shaxsan javob beradi, – dedi davlatimiz rahbari.

Taʼkidlanishicha, Andijon, Xorazm va Toshkent viloyatlarida yashovchi aholi tibbiyot sohasidagi ishlarning bugungi ahvolidan norozi.