Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-iyun holatiga respublikamizda jami 43 295 ta qurilish korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5 042 taga koʻp. 2021-yil yanvar-may oyida 3 025 ta qurilish korxonalari yangi tashkil etilgan. Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalari soni:
Toshkent shahri – 8 473 ta;
Toshkent viloyati – 3 761 ta;
Fargʻona viloyati – 3 428 ta;
Qashqadaryo viloyati – 3 413 ta;
Andijon viloyati – 3 260 ta;
Samarqand viloyati – 3 244 ta;
Buxoro viloyati – 2 853 ta;
Surxondaryo viloyati – 2 708 ta;
Namangan viloyati – 2 436 ta;
Qoraqalpogʻiston R. – 2 412 ta;
Jizzax viloyati – 2 102 ta;
Xorazm viloyati – 2 021 ta;
Navoiy viloyati – 1 609 ta;
Sirdaryo viloyati – 1 575 ta.