Qibray tumanida sodir boʻlayotgan yongʻin toʻgʻrisida dastlabki maʼlumot berildi

    Bugun, 30-sentyabr kuni soat 20:10 da Toshkent viloyati, Qibray tumanida joylashgan Toshkent Davlat agrar Universiteti hududidagi binoda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

    Shunga koʻra yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 20:17da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin bartaraf etilmoqda. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

    Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.

    Hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.