Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maʼlum qilishicha, bugun, 23-iyul soat 10:50 da viloyat FVBga Qibray tumani “Gʻ.Gʻulom” MFY, “A.Navoiy” koʻchasida joylashgan yashash uyi va qurilish mollari doʻkonida yongʻin sodir boʻlayotgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, yongʻinni oʻchirish uchun 5 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 10:57 da voqea joyiga borib, 11:17 da alangani oʻrab olgan va soat 11:50 da yongʻin toʻliq oʻchirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar toʻgʻrisida murojaat kelib tushmagan. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.