Klinikaning ochilishi sentyabrga moʻljallangan.

Bugun COVID-19ning kasalliklarning har xil turi bilan shikastlanganlarga har xil taʼsir etayotgani maʼlum boʻlib qoldi. Xoh homilador ayollar boʻlsin, xoh surunkali kasalligi bor kishilar, keksalar, qaysilardaki immunitet bir muncha zaiflashgan. Milliy palata COVID-19 bilan kasallangan bemorlarga yordam koʻrsatish uchun zarur holatda oʻz vaqtida tor mutaxassislarni jalb etish maqsadida yangi shifoxona shifokorlari bilan doimiy aloqada boʻlib turadi.

Hozirgi vaqtda Milliy palata tomonidan oʻzimizning va chet ellik tajribali shifokorlarni, ekspertlarni jalb etish mexanizmi ishlab chiqarilyapti. Bunda xususiy sektorning jalb etilishiga qaramay, bemorlarning asosiy kontingentiga bepul yordam koʻrsatiladi.

Bemorlarni davolash jarayonida telemeditsina orqali oʻz vaqtida COVID-19ga qarshi kurashda yetarli tajriba toʻplagan mutaxassislar maslahatlarini tashkillashtirish ham nazarda tutilgan.

Shuningdek, Milliy palata tomonidan katta partiya individual himoya vositalari ham tayyorlanyapti. Ushbu vositalar shifokorlar va tibbiyot sohasining boshqa xodimlariga topshiriladi.

Bugungi kunda Milliy gvardiya va Qibray tumani hokimiyati koʻmagida klinika binosining COVID-19 bilan kasallangan bemorlarni qabul qilish uchun ajratilgan boʻlimida taʼmirlash ishlari tugatilyapti. Klinika bemorlarni tekshirish va ularni davolash formalarini belgilash, COVID-19ning ogʻir turi bilan kasallangan bemorlarni statsionar davolanish uchun joylashtirish imkoniga ega. Bu yerda barcha zarur zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan reanimatsiya boʻlimi nazarda tutilgan boʻlib, u yerga tajribali mutaxassislar jalb etiladi, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.