Biroq, shunga qaramasdan, issiqxona xoʻjaligi egalari gaz quvurining kirish qismidagi zulfinlarga oʻrnatilgan tamgʻalarni oʻzboshimchalik bilan uzgan holda, tarmoqqa qayta ulanib, 7 dona isitish qozoni orqali tabiiy gazdan oʻgʻrincha foydalanib kelayotgan ekan.
Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya”ning xabar berishicha, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 605,3 mln soʻm (403,5 ming kubometr tabiiy gaz)ni tashkil etgan.
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.