Qidiruvda boʻlgan ikki nafar fuqaro BAAdan Oʻzbekistonga olib kelindi

    Interpol kanallari orqali qidiruvda boʻlgan fuqarolar Birlashgan Arab Amirliklaridan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelindi.

    Oʻzbekiston Respublikasidagi Interpolning Milliy markaziy byurosining xabar berishicha, olib kelingan shaxslar Oʻzbekiston huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qidiruvda boʻlgan.

    Maʼlumotlarga koʻra, ular mamlakat hududida sodir etilgan iqtisodiy va mulkiy jinoyatlarda ayblanmoqda.

    Oʻzbekiston va BAA Interpol Milliy markaziy byurolari oʻrtasidagi hamkorlik transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda samarali natijalar bermoqda.

    Ayblanuvchilar endi jinoiy javobgarlikka tortilish uchun sud oldida javob berishadi.