O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti tomonidan Amerika Qo‘shma Shtatlari huquq-tartibot idoralari hamda AQShning Toshkentdagi Elchixonasi bilan hamkorlikda mamlakatimizda jinoyat sodir etib, xorijda yashirinib yurgan shaxslarni aniqlash, ushlash va O‘zbekistonga qaytarish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Amaliy hamkorlikning navbatdagi natijasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, 2023-yilda qidiruv e’lon qilingan 1989-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida aniqlanib, ushlandi hamda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi.

Ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan shaxslarni aniqlash, ularning qayerda bo‘lishidan qat’i nazar javobgarlikka tortilishini ta’minlash maqsadida xalqaro hamkorlik doirasida tezkor-qidiruv tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.