Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

Ushbu shaxsning harakatlaridan jabrlangan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yoki uning hududiy boʻlinmalariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilish soʻraldi.

Shu bilan bir qatorda, soliq yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlagan va bojxona qonunchiligini buzish bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib qidiruvda boʻlgan 2 nafar shaxs (X.Barotov va S.Xolov) ham qoʻlga olinib, Oʻzbekiston tergov organlariga topshirildi.

Jinoyat javobgarligidan qochib xorijiy davlatlarda, jumladan Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib izchil davom ettiriladi va javobgarlik prinsipi qatʼiy taʼminlanadi.