Joriy yilning 5-aprel kuni BAA davlatining Ajman shahrida fohishalik bilan shugʻullanib yurgan Oʻzbekiston fuqarosi Z.M. qoʻlga olingan. 25-sentyabr kuni Dubay-Toshkent aviareysi orqali mamlakat hududiga olib kelindi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, 26 yoshli Z.M. 2017-yilda BAAning Ajman shahriga fohishalik bilan shugʻullanish uchun borgan. 2018-yilda Yangiariq tumanida yashovchi 26 yoshli E.G. ismli tanishini BAA davlatiga fohishalik bilan shugʻullanish uchun yollagan.
Shu bois unga nisbatan 2018-yilning 23-avgust kunidan Oʻzbekiston JKning 135-moddasi 2-qismi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qidiruvga berilgan edi.
Hozirda Z.M.ni Urganch shahri boʻyicha IIO FMB TBga topshirish choralari koʻrilmoqda.