Shu yilning 13-14-noyabr kunlari Kosta-Rikaning San-Xose shahrida qilichbozlik bo‘yicha qizlar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston qilichbozligi tarixida ilk bora o‘smir-qizlarimiz qilichbozlik bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida barcha sovrinlarni, shuningdek, jamoaviy bahslarda ham oltin medalni qo‘lga kiritdi. Final uchrashuvida qizlarimiz Kosta-Rika vakillarini 45:30 hisobida mag‘lub etishdi.
Bu musobaqa vakillarimiz uchun Osiyo chempionati, Jahon chempionati hamda 2022-yilgi Osiyo o‘yinlari oldidan o‘ziga xos tayyorgarlik bosqichi vazifasini o‘tadi.
Ta’kidlash kerak, qilichbozlik sporti bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining reytingi yuqori bo‘lgan Jahon kubogidagi ishtiroki Turizm va sport vazirligi ko‘magi yordamida amalga oshirildi.