Qilichbozlarimiz Osiyo chempionatida 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi

    Sport 25 Fevral 2025 738

    Kuvaytda qilichbozlik boʻyicha oʻtkazilayotgan Osiyo chempionatining oʻsmirlar oʻrtasidagi bahslari yakunlandi.

    Qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatining oʻsmirlar oʻrtasidagi bellashuvlarda hamyurtlarimiz 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi.

    Har ikki medalni sablyachilarimiz jamoaviy dasturda qoʻlga kiritishdi.

    Xitoylik qilichbozlarga qarshi kechgan finallarda yigitlarimiz 17:45, qizlarimiz esa 44:45 hisoblarida imkoniyatni boy berishdi.

    Ertaga yoshlar oʻrtasidagi bahslarga navbat beriladi.