Qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatining oʻsmirlar oʻrtasidagi bellashuvlarda hamyurtlarimiz 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Har ikki medalni sablyachilarimiz jamoaviy dasturda qoʻlga kiritishdi.

Xitoylik qilichbozlarga qarshi kechgan finallarda yigitlarimiz 17:45, qizlarimiz esa 44:45 hisoblarida imkoniyatni boy berishdi.

Ertaga yoshlar oʻrtasidagi bahslarga navbat beriladi.