Quvonarlisi, unda yurtimiz sharafini himoya qilgan shpagachi yigitlarimiz kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Finalda jamoamiz mezbon Koreya Respublikasi vakillariga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuv 38:35 hisobida koreyalik qilichbozlarning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Qayd etish joiz, shu tariqa qilichbozlarimiz ilk bor final bosqichida ishtirok etdi. Bu esa jamoamiz uchun kelgusida kutib turgan finallar oldidan katta tajriba boʻldi.
Oʻz navbatida, hamyurtlarimizdan keyingi musobaqalarda yangi gʻalaba va oltin medallar kutib qolamiz, deyiladi Milliy olimpiya qoʻmitasi xabarida.
Eslatib oʻtamiz, musobaqani Quvayt ustidan qozonilgan gʻalaba bilan boshlagan yigitlarimiz chorak finalda Qozogʻiston, yarim finalda tarkibi Tokio-2020 chempionlaridan iborat Yaponiya terma jamoasini magʻlubiyatga uchratdi.
Osiyo chempionati. Erkaklar, jamoaviy shpaga
Saralash: Oʻzbekiston – Quvayt 45:27
Chorak final: Oʻzbekiston – Qozogʻiston 42:40
Yarim final: Oʻzbekiston – Yaponiya 36:35
Final: Oʻzbekiston – Koreya Respublikasi 35:38