Shu yilning 10-15-iyun kunlar Janubiy Koreya poytaxti Seulda qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Unda yurtimiz qilichbozlari ham ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Qilichbozlik federatsiyasi tarqatgan xabarda aytilishicha, ushbu musobaqada mamlakatimiz sharafini shpaga boʻyicha erkaklar jamosi – Roman Aleksandrov, Fayzulla Alimov, Nodirbek Moʻminov va Javohir Nurmatov hamda sablya boʻyicha Raola Pliyego himoya qiladi.
Bu nifuzli musobaqada qilichbozlarimizdan medallar kutib qolamiz.