Bahslarni oʻgʻil bolalar qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha boshlab bergan boʻlsa, bugun qizlar bahslarni davom ettiradi. Odatdagidek, musobaqalar qilichbozlikning sablya , shpaga va rapira yoʻnalishlari boʻyicha boʻlib oʻtadi.
19-fevralga qadar davom etadigan kubok musobaqalarida respublikamizning turli viloyatlari va poytaxtdan tashrif buyurgan 60 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda.