Musobaqaning dastlabki kunida ayollar g‘oliblik uchun bahslarga kirishdi. Ushbu dasturda hamyurtimiz Zaynab Dayibekova (reytingdagi oʻrni – 22) medallar uchun kurashni davom ettiradigan bo‘ldi.

Yuqori reytingga egaligi sababli qoraqalpogʻistonlik sportchimiz bahslarga 1/64 final bosqichidan qoʻshilgandi. Afsuski, musobaqada ishtirok etayotgan barcha vakilalarimiz saralashda imkoniyatni boy berib qoʻyishdi.

O‘tish bosqichida Dayibekova barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratdi va 64 nafar saralangan sportchilar safidan joy oldi. Jahon kubogining ayollar o‘rtasidagi hal qiluvchi bahslari ertaga o‘tkaziladi.

Bugun esa erkaklar o‘rtasida saralash bahslariga start beriladi. Ushbu musobaqalarda vatanimiz sharafini Sherzod Mamutov, Pazilbek Genjebayev hamda Boburjon Rasulov himoya qiladi.