“Toʻgʻrisi, biz GTL loyihasini boshlaganimizda, koʻpchilik buni uddalashimizga shubha bilan qaragan edi. «Qilolmaysizlar, qoʻllaringizdan kelmaydi” deyishgandi.
Lekin, biz qatʼiy intilish va mashaqqatli mehnatimiz bilan, barchamiz birgalikda murakkab sinov va qiyinchiliklarni yengib oʻtib, mana shunday yangi va zamonaviy, yuqori texnologik majmuani barpo etishga erishdik. Bu bilan har qancha faxrlansak, arziydi.
Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi davrida 10 mingdan ortiq ishchi karantin talablariga qatʼiy amal qilib, uzoq vaqt oilasi, yaqinlaridan olisda ishlab, haqiqiy qahramonlik namunasini koʻrsatdi, desak, har tomonlama toʻgʻri boʻladi.
Fursatdan foydalanib, qiymati 3,4 milliard dollar boʻlgan, GTL zavodi qurilishida munosib ishtirok etgan barcha mutaxassislar, fidoyi quruvchi, muhandis va loyihachilar, hurmatli xorijiy hamkorlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiraman».