Maʼlum qilinishicha, yuz minglab kuzatuvchilarga ega boʻlgan ayrim blogerlar oʻz sahifalarida bukmekerlik xizmatlari va qimor oʻyinlarini targʻib qilayotgani aniqlandi.

Xususan, bloger F.Shirinboyeva hamda D.Baxtiozin tomonidan taqiqlangan qimor oʻyinlarini targʻib qiluvchi videoroliklar joylashtirilgan. Mazkur holatlar yuzasidan Raqobat qoʻmitasi tomonidan tegishli choralar koʻrilib, blogerlar belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Toʻplangan hujjatlar yakuniy qaror qabul qilish uchun sud organlariga yuborilgan.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston Respublikasining “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan, mamlakat hududida qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni reklama qilish qatʼiyan taqiqlanadi.