Kuni kecha Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qoʻshni davlatdan Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtish uchun kirib kelgan “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtqazilganda yuk kuzatuv hujjatlarida kursatilmagan sal kam 144 mln. soʻmlik 4 788 dona “RED BULL” nomli energetik ichimligi borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda, — deya xabar berildi Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi rasmiy telegram kanalida.