Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “S.Najimov” chegara bojxona posti orqali qoʻshni mamlakatga chiqib ketayotgan fuqaro A.S. boshqaruvidagi boʻlgan “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.

Natijada, avtomashinada hujjatlarda qayd etilmagan va ogʻzaki soʻrovda maʼlum qilinmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 55,2 million soʻmlik 22 dona yuqori bosimni nazorat qiluvchi uskunalar va boshqa xoʻjalik mollari borligi aniqlandi.