Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi, deya xabar qiladi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati.
Unda “Urguttumangaz” taʼminoti boʻlimi xodimlari aholiga yetkazib berilgan 127 218 dona maishiy gaz ballonlarini xonadonlarga oʻrnatib berish xizmati koʻrsatilmagan boʻlsa-da, fuqarolarning ishonchiga kirib, ushbu xizmat uchun 381,7 million soʻm naqd pullarni firibgarlik yoʻli bilan ortiqcha undirib olishga erishib, ushbu mablagʻlarni maxsus hisob raqamga topshirmaslik maqsadida fuqarolar nomidan gaz ballonlarini oʻrnatib berishni rad qilish toʻgʻrisida soxta arizalarini rasmiylashtirganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “Urguttumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda, deb yozadi zarnews.