Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanida yashovchi 33 yoshli (erkak) X.E. sodir etganligi aniqlangan.
Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan X.E., M.G.ga tegishli bo‘lgan bank kartasini o‘g‘irlab olgani, keyin ushbu bank kartasining ustida yopishtirilgan qog‘ozdagi parolidan foydalanib, uning hisobidagi 1.000.000 so‘m pulni bankomat orqali naqdlashtirgani, pulni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.E.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom etmoqda.
Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.