Qirg'iz Respublikasiga gumanitar yordamning uchinchi partiyasi yetkazildi

    Voqea-hodisalar 20 Noyabr 2020 959

    Qo'shni davlatda mobil shifoxona barpo etish uchun O'zbekistondan Qirg'iz Respublikasiga, «O'zbekiston temir yo'llari» aksiyadorlik jamiyati ko'magida, ixtisoslashtirilgan shifoxona konteynerlarining ikkinchi partiyasi yetkazib berildi.

    200 o'ringa mo'ljallangan 40 ta shifoxona konteynerlar ortilgan poyezd «Bishkek-1» temir yo'l stantsiyasiga yetib keldi. «O'zbekiston temir yo'llari» AJ boshqaruv raisi v.b. Xasilov X.N. boshchiligidagi O'zbekistondanlik delegatsiyani Qirg'iz Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi vakili K.T.Shadixonov va "Qirg'iz temir joli" davlat korxonasi bosh direktori Dashkov V.A. kutib olishdi.

    Uchrashuv davomida «O'zbekiston temir yo'llari» AJ boshqaruvi raisi v.b. Xasilov X.N. hamda «Qirg'iz temir joli» davlat korxonasi bosh direktori Dashkov V.A. o'zaro hamkorlik va ikki davlat temir yo'llarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.