Qirgʻiz Respublikasining elchisi mamlakatimizdagi faoliyatini yakunladi

    Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirgʻiz Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Musa Jamanbayev janoblari bilan xayrlashuv uchrashuvini oʻtkazdi.

    Bu haqda Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.

    Uchrashuvda bugungi kunda davlatlarimiz oʻrtasidagi har tomonlama strategik sheriklik barcha sohalarda misli koʻrilmagan surʼatni namoyon etayotgani taʼkidlandi.

    Baxtiyor Saidov Oʻzbekiston va Qirgʻiz Respublikasining qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga katta hissa qoʻshgan janob Elchiga samimiy minnatdorchilik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.