Qirgʻiziston chegarasi boʻyicha ortiqcha hujjat talabiga chek qoʻyilishi mumkin

    Ijtimoiy tarmoqlarda Qirgʻiziston chegarasidan oʻtayotgan payt Oʻzbekiston fuqarolaridan maxsus ishonchnoma yaʼni «Generalniy doverennost« talab qilanayotgani haqida xabar tarqalgan.

    Holatga Soʻx tumani hokimligi axborot xizmati rasmiy munosabat bildirildi.

    Masʼullarning maʼlum qilishicha, Qirgʻiziston tomon bilan ushbu masala yuzasidan gaplashilgan va 10-mayga qadar ushbu ortiqcha hujjatlar eksklav hududlar aholisidan soʻralmasligi maʼlum qilindi.

    «Maʼlumki, mazkur tartib faqat soʻxliklar uchun emas, aslida barcha xorij fuqarolari uchun Qirgʻiziston tomonidan joriy etilgan. Ammo Oʻzbekistonning eksklav hududlarini hisobga olib, ushbu tartib muddatini uzaytirish hamda tatbiq etilmaslik boʻyicha muzokalar olib borilmoqda«, — deyiladi xabarda.