Toshkentda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston hukumat rahbarlari raisligida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiyaning 9-yigʻilishini oʻtkazish rejalashtirilgan.
Qirgʻiziston delegatsiya tarkibiga mamlakatning turli vazirlik va idoralarining rahbarlari kiritilgan. Mehmonlar Toshkentdagi qator yuqori texnologik korxonalarda boʻlib, ishlab chiqarish jarayoni va tayyorlanayotgan mahsulotlar bilan tanishadi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.