Qirg'iziston janubidagi maktabda sodir bo'lgan yong'in bartaraf etildi

    Qirg'iziston janubidagi maktabda sodir bo'lgan yong'in o'chirildi. Yong'in kunduzi yuzaga kelib, bir zumda binoning katta qismini qamrab oldi.

    “Moskva vaqti bilan soat 12:25 da Kayin-Talaa qishlog'ida joylashgan maktabda yong'in sodir bo'lgani haqida xabar kelib tushdi. Yong'inni o'chirishga Kara-Kulja tumanidan 1 ta o't o'chirish brigadasi jalb qilingan”, — dedi Qirg'iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xodimi Elnura Muktarova.

    Maktab binosi bir qavatli, sovet davrida qurilgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hozircha jabrlanganlar, yong'in sabablari va yetkazilgan zarar haqida ma'lumot bermadi, deb xabar beradi mir24.tv.