“Kabar”ning maʼlumotlariga koʻra, birinchi chorakda boshqa sinflar onlayn rejimida oʻqiydilar. Birinchi sinf oʻquvchilari niqob kiyishlari va masofani saqlashlari talab etiladi.
Sinfda 15 nafardan ortiq oʻquvchi oʻtirmasligi kerak. Ota-onalar oʻz farzandlarini antiseptiklar va niqoblar bilan maktabga joʻnatishadi. Maktab maʼmuriyati faqatgina oʻz xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlaydi.
Qayd etilishicha, ota-onalar oʻz farzandini maktabga yuborish yoki ularga onlayn dars berish imkoniyatini tanlash huquqiga ega.