MIR 24 xabariga koʻra, tegishli qonun Qirgʻiziston parlamenti tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilingan va davlat rahbariga imzolash uchun yuborilgan.
Unga koʻra, 2024-yildan boshlab respublikada qadoqlash ishlab chiqarish toʻxtatiladi.
Ularni tarqatish toʻliq taqiqlanganidan soʻng, isteʼmolchilarga polietilen paketlar oʻrniga qogʻoz yoki matodan tayyorlangan eko-sumkalar taklif etilyapti.
Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyatidagi doʻkonlar allaqachon polietilen paketlardan butunlay voz kechgan.
Polietilen paketlardan voz kechishning asosiy sababi atrof-muhitning ifloslanishi masalasidir. Suvda ularning parchalanishi uchun 500-yil kerak boʻladi.