MIR 24 xabariga koʻra, tegishli qonun Qirgʻiziston parlamenti tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilingan va davlat rahbariga imzolash uchun yuborilgan.

Unga koʻra, 2024-yildan boshlab respublikada qadoqlash ishlab chiqarish toʻxtatiladi.

Ularni tarqatish toʻliq taqiqlanganidan soʻng, isteʼmolchilarga polietilen paketlar oʻrniga qogʻoz yoki matodan tayyorlangan eko-sumkalar taklif etilyapti.

Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyatidagi doʻkonlar allaqachon polietilen paketlardan butunlay voz kechgan.

Polietilen paketlardan voz kechishning asosiy sababi atrof-muhitning ifloslanishi masalasidir. Suvda ularning parchalanishi uchun 500-yil kerak boʻladi.