Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qirgʻizistonga bordi

    Xalqaro hamkorlik 15 Avgust 2023 1706

    Bugun, 15-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirgʻiziston Respublikasiga bordi.

    Bu haqda Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

    “Issiqkoʻl” xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Bosh vazirini Qirgʻiziston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining oʻrinbosari Baqit Toʻrabayev kutib oldi.

    Abdulla Aripov Qirgʻizistonga 16-avgust kuni Choʻlpon-ota shahrida boʻlib oʻtadigan Qirgʻiziston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha Qoʻshma hukumatlararo komissiyaning 10-yigʻilishida ishtirok etish uchun bordi.