Qirgʻiziston Prezidenti "Yangi Oʻzbekiston" bogʻida boʻldi va Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi

    Mamlakatimizda boʻlib turgan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Bosh vazir Abdulla Aripov hamrohligida "Yangi Oʻzbekiston" bogʻida boʻldi va Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.

    Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.

    Oliy martabali mehmon majmua meʼmoriy yechimlari hamda kompozitsiyasining mazmun-mohiyati va xususiyatlari bilan tanishdi. Majmua Qirgʻiziston delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi.

    Qayd etish joiz, mamlakatimizga tashrif buyurayotgan Oliy martabali mehmonlarning Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan barpo etilgan ushbu muhtasham majmua bilan tanishuvi anʼanaga aylangan.