Qirg‘izistonda avtomobillar harakatini cheklashning noyob usuli taklif qilinyapti

    Bishkek hukumati tirbandlikka qarshi kurashish uchun shahar bo‘ylab avtotransport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar joriy etish ko‘rinishidagi radikal choralarni taklif qilyapti.

    Bu borada hokimlik tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.

    Bunda respublika ahamiyatiga molik shaharlar (Bishkek va O‘sh) yo‘llarida haftasiga bir marta ma'lum davlat ro‘yxatidan o‘tgan avtotransport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar joriy etish taklif etiladi.

    Mazkur hujjat bilan haftaning dushanba kuni avtomobil davlat raqamining oxirgi raqamlari 1 va 2 – tugagan avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi.

    Xuddi shunday davlat raqami 3 va 4 bilan tugagan avtotransport vositalari seshanba kuni harakatlan olmaydi.

    Davlat raqami 5 va 6 bilan tugagan avtotransport vositalari uchun bunday taqiq chorshanba kunlari joriy etiladi.

    Davlat raqami 7 va 8 bilan tugagan avtotransport vositalari payshanbada harakatlana olmaydi.

    Hafataning juma kuni esa davlat raqami 9 va 0 bilan tugaydigan avtotransport vositalari ushbu taqiqqa duchor bo‘ladi.

    Cheklovlar dam olish va bayram kunlaridan tashqari, har kuni soat 7:00 dan 21:00 gacha amal qiladi. Ushbu choralar maxsus, navbatchilik va jamoat transporti vositalariga taalluqli emas.

    Ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni buzganlik uchun jismoniy shaxslarga 1 ming som, yuridik shaxslarga 5 ming som miqdorida jarima solish taklif etilyapti.

    Poytaxt meriyasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu chora-tadbirlarning qabul qilinishi Bishkek va O‘sh yo‘llarida har kuni taxminan 20 foiz tirbandlikning oldi olinishiga xizmat qiladi. Xuddi shunday yechim Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida ham muvaffaqiyatli qo‘llanilyapti, deb xabar beradi Kazinform.