Qirg'izistonda chexiyalik to'rt nafar sayyoh qor ko'chkisi oqibatida hayotdan ko'z yumdi

    Qirg'izistonda chexiyalik to'rt nafar sayyoh qor ko'chkisi tufayli halok bo'ldi. Bu haqda Issiq-Ko'l viloyati ichki ishlar boshqarmasi ma'lum qildi.

    “Issiq-Ko'l viloyatining Jirg'alon darasida Chexiyadan kelgan to'rt nafar sayyoh qor ko'chkisi tufayli halok bo'ldi”, dedi viloyat IIB matbuot kotibi Stalbek Usubakunov.

    Uning dastlabki ma'lumotlariga ko'ra, Chexiya Respublikasidan sayyohlar Jirg'alonga chang'i uchish uchun kelgan.

    Qurbonlarning shaxsi aniqlangan, deb xabar beradi tass.ru.