Respublika hukumatining veb-saytida yozilishicha, 11-fevraldan e'tiboran Koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash shtabining qaroriga ayrim o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi. «COVID-19 bemorlari bilan aloqada bo'lgan shaxslarni karantinga olish, Qirg'iziston hududiga kirib kelgan fuqarolardan PTSR testining manfiy natijasi yoki koronavirus infektsiyasiga qarshi emlanganlik to'g'risidagi sertifikatning biri mavjud bo'lsa ikkinchisini talab qilish bekor qilindi», deb qayd etilgan ma'lumotda.
Shunday qilib, Qirg'izistonga borish uchun emlash sertifikati mavjud bo'lsa, manfiy PTSR testi sertifikatiga ega bo'lish shart emas. emlanmagan fuqarolar esa mamlakat hududiga PTSR testi sertifikati bilan kirishi mumkin.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 11-fevral holatiga ko'ra, Qirg'izistonda har kuni salkam 70 kishining COVID-19 va pnevmoniya bilan kasallanishi holatlari qayd etilmoqda.