Qirgʻizistonda kuz-qish mavsumida elektr energiyasini tejash uchun koʻcha chiroqlarini yoqish taqiqlandi

    Energetika 2 Oktabr 2021 837

    Qirgʻiziston milliy energoxoldingi maishiy boʻlmagan isteʼmolchilarga kuz-qish mavsumida koʻcha chiroqlari va reklama yoritgichlarini yoqishni taqiqladi.

    Taqiq kafe, restoran, hammom, saunalar, doʻkonlar va istirohat bogʻlariga tegishli.

    “Bitta lampochka hech narsani anglatmasligi mumkin. Ammo butun mamlakat boʻylab ular soni millionlabni tashkil etadi. Yakunda yaxshigina mablagʻ kelib chiqadi. Bizda esa hovlimizda bittadan chiroq yonayotgani yoʻq. Qarang, kechki vaqtlarda kafe atrofida 100 talab lampochka yonib turadi.

    Ular LED lampalar boʻlgan taqdirda ham. Ular baribir 7-8 vatt energiya oladi. Qancha boʻladi? Toma-toma koʻl boʻlur”, - degan Milliy energoxolding raisi Talaybek Baygaziyev.

    Taqsimlovchi kompaniyalar barcha tumanlarda kechki va ertalabki vaqtlarda reydlar oʻtkazadi.