Mamlakat ta'lim vaziri o'rinbosari Nodira Jusupbekova bergan ma'lumotga ko'ra, Qirg'izistondagi barcha maktablar karantin sabab 24-dekabrga qadar onlayn rejimda ta'limni davom ettiradi.

Uning qayd etishicha, Sog'liqni saqlash vazirligidan o'tkir respirator virusli infektsiya hamda gripp kasalligi ko'payayotgani to'g'risida ma'lumot kelib tushgan.

Ma'lumot uchun, avvalroq mamlakatda 170 dan ortiq maktab ayni shu sabablar bilan karantinga yopilgani haqida xabar berilgan edi.