Tegishli farmonni Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarov imzoladi.
18-fevral kuni Jogorku Kenesh (parlament) a'zolari Jumgalbek Shabdanbekovni Qirg'iziston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi rahbari etib tayinlashni ma'qullashdi.
Eslatib o'tamiz, 10-fevral kuni Kamchibek Tashiyev Bosh vazir o'rinbosari va Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi raisi lavozimidan ozod qilindi. Milliy xavfsizlik davlat qo'mitasi rahbari almashtirilgandan so'ng, uchta rais o'rinbosari ham lavozimidan ozod qilindi.
Keyinroq Qirg'iziston prezidenti kadrlar bo'yicha qarorlarni tushuntirgandi, deb xabar berdi inform.kz.