Qirgʻizistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonda ham sezildi

    Bugun Toshkent vaqti bilan 11:44 da (13.05.2024-yil, Grinvich boʻyicha 06:44 da) Qirgʻizistonda zilzila sodir boʻldi.

    Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qildi.

    Zilzila koordinatalari: 41,6 gradus shimoliy kenglik; 71,67 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,9. Chuqurlik 10 km. Zilzila episentri Toshkentdan 208 km shimoliy-sharqda.

    Oʻzbekiston hududida sezilish kuchi:

    Yangiqoʻrgʻon tumanida 2 ball, 37 km.
    Kosonsoy tumanida 2 ball, 48 km.